Samsung Galaxy Tab S6 Lite plansheti

64GB Gray Wi-Fi

4 552 000 сум
Rang: Kulrang
Sig'imi:: 64 GB
SIM: Wi-fi
Купить в один клик

Olib ketish mumkin: Macbro Ц-1

Odatda 24 soat ichida tayyor

Рассрочка

Bro Nasiya

Untitled-3

Первоначальный взнос

0%

минимум 1500000 (%) / максимум 4 096 800 сум (90%)

Выберите срок оплаты (месяц)

1 000 000

Ежемесячный платеж

1 000 000

Общая сумма оплаты
Rang: Kulrang
Sig'imi:: 64 GB
SIM: Wi-fi

Bir marta bosish bilan sotib oling

Samsung Galaxy Tab S6 Lite plansheti

Samsung Galaxy Tab S6 Lite plansheti

Samsung

4 552 000 сум

buyurtmangiz uchun rahmat

+
Galaxy Tab S6 Lite – o'zingiz bilan olib yurishingiz oson bo'lgan eslatmalar yaratishda ajralmas yordamchingiz. Planshet ingichka va yengil korpusdagi 10,4 dyuymli katta ekran, One UI 2 interfeysi va shundoqqina qadoqdan chiquvchi S Pen elektron qalami bilan jihozlangan. Rasm chizayotganingiz, ta'lim olayotganingiz yoki o'yin o'ynayotganingizdan qat'i nazar Galaxy Tab S6 Lite hozir va shu yerda siz bilan birga bo'lish uchun yaratilgan. Galaxy Tab S6 Lite – o'zining metal korpusi sababli yengil va ingichka. Planshet sumkangizga sig'adi, bu uni ajoyib portativ va minimalistik qurilmaga aylantiradi.
S Pen bilan birga ilhomlaning. Mo'yqalamdan tortib ingichka patgacha yozuvchi asboblarning butun to'plami birgina S Pen da. Qulay ushlash, minimal kechikish va bosishda xayratlantiradigan ta'sirchanlik – bularning barchasi ham rasm chizish ham hujjatlarni tahrirlashga imkon beradi. Planshetning magnit ushlagichi tufayli esa S Pen hech qachon yo'qolib qolmaydi va doimo siz bilan birga bo'ladi. Endilikda, leksiyalar konspektini S Pen bilan yozish qulayroq. Eslatmalarni yozayotib siz avval qoralama qilishingiz, so'ngra esa matn va rasmlarning ranglarini o'zgartirishingiz mumkin. Qidiruv teglari yordamida eslatmalarni saqlashda saralash juda qulay, o'qish materialini o'rganishda esa siz osongina PDF fayllarda belgilar qoldirishingiz mumkin. Endi aniq o'qishingiz haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Galaxy Tab S6 Lite doimo yordam beradi. Galaxy Tab S6 Lite bilan xonangizni ta'lim olish uchun mukammal makonga aylantiring, uydan chiqmagan holda o'qish oson. Leksiyalarni tomosha qilish vaqtida tezkor eslatmalarni yozib olish va Samsung Notes yordamida ularni qulay tashkillashtirish uchun S Pen dan foydalaning. Bularning barchasi bir vaqtning o'zida: shunchaki suzib chiqayotgan oynaning shaffofligini sozlang. Endilikda, uyda qolib ham a'lochi bo'lish mumkin. San'at asarlari yarating va ularni PENUP da baham ko'ring. Galaxy Tab S6 Lite bilan birga uydagi vaqtingizdan bahra oling. Sketchlar yarating, bo'yang va o'z san'at asarlaringiz bilan PENUP ilovasi orqali bo'lishing. Ilhomlaning va boshqalarni ham ilhomlantiring, axir PENUP ilovasi haqiqatdan ham yaqinlashtiradi. Masofaga qaramay boshqa foydalanuvchilar bilan ajoyib vaqt o'tkazishingiz mumkin. Haqiqiy kinoteatr qo'l ostingizda. 10,4 dyuymli ekranning qulay va ixcham korpusdagi ingichka ramkalari ancha ko'proq rohat olish imkonini beradi. Istirohat bog'ida o'tirib, yoki yotoqda yotib AKG bilan stereo dinamiklar tomonidan taqdim etilgan ajoyib hajmli jarang bilan sevimli filmlaringiz va seriallaringizdan zavqlaning.