Xitoyning Chaodian kompaniyasi tahlilchilari narxi 600 dan 800 dollargacha bo'lgan dunyodagi eng ko'p sotiladigan smartfonlarni sanab o'tdi. Hisobotga ko'ra, 2023 yilning to'rtinchi choragida iPhone 15 bozorda eng mashhur qurilma bo'lib, Apple tomonidan taxminan 5,3 million dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinda 2,4 million dona sotilgan iPhone 13, uchinchi o‘rinda esa Samsung Galaxy S23 FE, sotilgan donalar soni 2,2 million donani tashkil qildi.
Shuningdek, ushbu narx segmentidagi eng ommabop beshta smartfon reytingida iPhone 14 joy oldi, sotilgan donalar soni 1,9 million donani tashkil etdi. Ro‘yxatda Samsung Galaxy S23 ham bor.
Umuman olganda, narxi 600 dan 800 dollargacha bo‘lgan eng ommabop 20 ta qurilma reytingiga Apple’ning oltita iPhone modeli, to‘rtta Samsung modeli, uchta Xiaomi qurilmasi va ikkita Google modeli kirdi.
Avvalroq, Piper Sandler tadqiqotchilari yoshlarning gadjetlarni afzal ko'rishlari haqida ma'lumot berishgan. O‘smirlar orasida eng ommabop smartfon iPhone bo‘ldi, undan foydalanuvchilarning 85 foizi foydalandi.