tarkibga o'tish
BroStoreBroStore
iPhone 16 anonsi: Nimani kutish kerak?

iPhone 16 anonsi: Nimani kutish kerak?

iPhone 16 anonsi: Nimani kutish kerak?

Kuz kirib kelishi bilanoq texnologiyalar dunyosi yana Apple hamda iPhone 16 smartfonlarining yaqinlashib kelayotgan ishga tushirilishiga o'z e'tiborini qaratmoqda. Yangi to'plamda iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari taqdim etiladi. Mish-mishlarga ko'ra, yangi smartfonlar mobil vositalar haqidagi tasavvurni o'zgartirishi mumkin bo'lgan xayratlanarli yangilanishlar va innovatsiyalarni va'da qiladilar.

Apple Intelligence sun'iy intellekti yangi modellarning innovatsion fishkasiga aylanadi. Ushbu innovatsiya foydalanuvchi tajribasini sezilarli darajada oshirishni va qurilma imkoniyatlarini kengaytirishni va'da qiladi.

Ishlab chiqaruvchilar shuningdek, kamerani yaxshilashga o'zgacha e'tibor bilan yondashdilar. Endilikda, iPhone 16 Pro kamerasi huddi iPhone 16 Pro Max kabi 5 karra zumga ega bo'ladi, iPhone 16 va iPhone Plus esa ikkitalik kameralarni qo'lga kiritadilar.

Asosiy parametrlarga kelsak, standart iPhone 16 8 Gb gacha kattalashtirilgan xotira hajmi va A18 protsessoriga ega bo'ladi. iPhone 16 Pro seriyasi A18 Pro protsessoriga ega bo'ladi. iPhone 16 Pro ekrani hajmi 6,3 dyuymni, iPhone 16 Pro Max da esa 6,9 dyuymni tashkil etadi.

Manbalarning ma'lumotlariga ko'ra, "Apple" kompaniyasi bu yil 88 million smartfonga buyurtma bergan.

Manba: https://www.ixbt.com/news/2024/09/09/iphone-16-pro.html
Savat 0

Savatingiz hozir boʻsh.

Xarid qilishni boshlang